date

Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi

Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga «Real»ga qarshi o'yin oldidan maslahatlar bergani haqidagi postiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, 20-yanvar kuni «Monako» Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida yutqazgan. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratni joylab, unga bir nechta tavsiya berganini aytgandi.

Karpinning so'zlariga ko'ra, u o'sha o'yinni stadiondan tomosha qilgan, biroq natija omadsiz bo'lgan. Murabbiy «Golovinga bergan maslahatlarim — faqat yumor va kinoya. Men unga nima ham dey olardim? Buning uchun o'z murabbiyi bor», deya fikr bildirdi.

Ma'lumot uchun, Golovin joriy mavsumda Liga 1 doirasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi