Slutskiy boshqarayotgan Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o'yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda “Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada kiritilgan gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu natija “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onaga joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing