date

Sobiq Fenerbahche futbolchisi Mourinyoni qattiq tanqid qildi

Sobiq Fenerbahche futbolchisi Mourinyoni qattiq tanqid qildi

“Fenerbahche”ning sobiq futbolchisi Linkoln klubning 2024–2025 yillardagi bosh murabbiyi bo‘lgan Joze Mourinyodan norozi ekanini ochiq aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis unga bergan va’dasida turmagan. “U ko‘p sovrin yutgan, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin menga nisbatan hurmatsizlik qildi. Hayotda xarakter unvonlardan muhimroq”, — deya futbolchi “Fanatik” nashriga bergan intervyusida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, “Hall Siti”ga ijara asosida ketishidan oldin Mourinyu bilan gaplashgan va murabbiy uni yozgi yig‘inga Portugaliyaga kutishini aytgan. Biroq Linkoln ijara muddati tugagach, yig‘inga chaqiruv bo‘lishini kutgan, ammo aloqa o‘rnatishga uringanda Mourinyu muloqotdan bosh tortgan va uni sport direktori bilan gaplashishga yo‘naltirgan.

Linkoln vaziyat yanada keskinlashganini ham aytdi: jamoa Portugaliyada yig‘inda bo‘lgan paytda u ham Portugaliyada bo‘lishiga qaramay, Mourinyu uni Istanbulga yuborib, alohida mashg‘ulot qilishni buyurgan. Futbolchi buni adolatsiz va hurmatsiz munosabat sifatida baholadi.

“Ko‘p o‘yinlarda klubga yordam berish uchun qo‘limdan kelganini qildim, hatto o‘zimga xos bo‘lmagan pozitsiyada ham o‘ynadim. Og‘ir jarohat oldim, qo‘llab-quvvatlash kutgandim, lekin olmadim. Men boshqalar kabi mashhur emasman, ammo maydonda doim borimni berdim”, — dedi u.

Hozirda Joze Mourinyu “Benfika”ni boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sobiq Fenerbahche futbolchisi Mourinyoni qattiq tanqid qildi