De Dzerbi fransuz pasporti bo‘lsa munosabat boshqacha bo‘lardi

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi OAV tomonidan bo‘layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. 24-yanvar kuni uning jamoasi «Lans»ning 10 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u Marsel shahriga ko‘ngil qo‘ygan, chunki bu joy o‘ziga xos. De Dzerbi tanqid bo‘lishi tabiiyligini tan oldi, biroq ayrimlar uning millati va pasportiga qarab baho berayotganini ta’kidladi: fransuz pasporti bo‘lganida, munosabat butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
De Dzerbi yana shuni qo‘shimcha qildiki, ba’zi odamlar o‘zini bu yerda “asosiy” deb hisoblaydi, ammo uning bitta xo‘jayini bor va u ham murabbiy uchun “egasi” emas. Murabbiy jurnalistlar xohlaganini yozishi qanchalik adolatli bo‘lsa, u ham xohlaganidek javob berishi shunchalik tabiiy ekanini aytdi. Shuningdek, 1970/71 mavsumidan beri «Marsel» bu mavsumdagidek ko‘p gol urmaganini eslatib, “agar jamoa gol urayotgan bo‘lsa, demak yaxshi o‘ynayapti” degan qarash bilan ulg‘ayganini bildirdi.
«Marsel»ning ushbu g‘alabasi «Lans»ning turnir jadvalida peshqadamlik imkoniyatini qo‘ldan boy berishiga olib keldi. Hozir birinchi o‘rinda 45 ochko bilan «PSJ», ikkinchi pog‘onada 43 ochko bilan «Lans», uchinchi o‘rinda esa 38 ochko jamg‘argan «Marsel» bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!