date

Gleb Gancherenkoga Belarusni Yevroga olib chiqish qiyin deydi

Gleb Gancherenkoga Belarusni Yevroga olib chiqish qiyin deydi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus milliy jamoasining Viktor Gancherenko qo‘l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning ta’kidlashicha, murabbiyning Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi oson bo‘lmaydi. U terma jamoada ishlash bilan klubdagi ish orasida katta farq borligini eslatib, Gancherenkoning yangi vazifaga qanday moslashishini vaqt ko‘rsatishini aytdi.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi har qanday holatda ham jamoa va bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning umidi — Gancherenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashi.

Eslatib o‘tamiz, belarusliklar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Gancherenkoga Belarusni Yevroga olib chiqish qiyin deydi