Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

“Antalyaspor” futbolchisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab mikroj jarohat bo‘lgani, hozir esa to‘liq tiklangani ta’kidlandi. Kuzmichyovning fikricha, Djikiya keyingi o‘yinda yana tarkibda ko‘rinishi mumkin.
Avvalroq ayrim manbalarda turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!