date

Karpin Golovinga maslahatlarim hazil va kinoya edi dedi

Karpin Golovinga maslahatlarim hazil va kinoya edi dedi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin “Monako” yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga “Real”ga qarshi o‘yin oldidan maslahat bergani haqidagi postiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni “Monako” Chempionlar ligasida Madridda “Real”ga 1:6 hisobida yutqazdi. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratni e’lon qilib, Golovinga bir nechta tavsiyalar berganini aytgandi.

Karpinning ta’kidlashicha, u Golovinning o‘yinini stadiondan kuzatgan, biroq natija ko‘ngildagidek bo‘lmagan. Murabbiy “maslahatlar” masalasiga ham oydinlik kiritib, bu gaplar ko‘proq hazil va kinoya bo‘lganini, futbolchiga aniq ko‘rsatmalar berish esa klub murabbiylari vazifasi ekanini aytdi.

Golovin joriy mavsum Fransiya Ligasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin Golovinga maslahatlarim hazil va kinoya edi dedi