Shahlo Zoirova: Islom dinini qabul qilgan fransiyalik kelin (video)

Muhabbat ba’zan hech qanday chegara, millat yoki masofani tan olmaydi. Yaqinda ana shunday voqealardan biri ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Fransiyalik Melissa ismli qiz O‘zbekistonga kelin bo‘ldi. U Islom dinini qabul qilib, o‘zbek yigit Azizbek bilan oila qurdi. Ikki yoshning nikoh va to‘y marosimi 24 aprel kuni bo‘lib o‘tgan.
To‘y jarayonidan olingan lavhalar bloger Shahlo Zoirova tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulashildi. Ushbu videolar tez fursatda foydalanuvchilar orasida tarqalib, ko‘plab izoh va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu voqeani “haqiqiy muhabbatning yorqin namunasi” sifatida baholashdi, ayrimlar esa madaniyatlar uyg‘unligi va oila qurishdagi jasoratni alohida ta’kidlashdi.
Biz ham yosh oilaga baxt-saodat, tinchlik, o‘zaro hurmat va mustahkam oilaviy hayot tilaymiz.