date

Joze Mourinyo keyingi mavsumda «Real Madrid» bosh murabbiyiga aylanadi

Joze Mourinyo keyingi mavsumda «Real Madrid» bosh murabbiyiga aylanadi

«Real Madrid» rahbariyati yaqin oylar ichida jamoaning murabbiylar shtabidagi vaziyatni uzil-kesil hal qilishni rejalashtirmoqda. Ko'plab nomzodlar orasida klub prezidenti Florentino Peresga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis asosiy da'vogarga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, Joze Mourinho kelasi yozda Madrid klubiga qaytishi kutilmoqda. Peres 13 yillik tanaffusdan so'ng 63 yoshli portugaliyalik murabbiyni jamoa boshqaruviga qaytarishni maqsad qilgan.


Mourinho hozirda «Benfika» bilan 2025 yilgacha shartnomaga ega bo'lsa-da, o'z kelajagini ochiq qoldirdi. U 2026/27 yilgi mavsumda ham Lissabon klubida qolishi haqidagi savolga: «Buni tasdiqlay olmayman, chunki hamma narsa faqat menga bog'liq emas», deb javob berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiyning shartnomasida 3 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'zda tutilgan. Bu summa «Real Madrid» uchun moliyaviy jihatdan hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi.


Madridliklar avvalroq Yurgen Klopp va Didye Desham nomzodlarini ko'rib chiqqan, biroq rad javobini olgan edi. Shuningdek, Lionel Skaloni va Sebastyan Xenness kabi mutaxassislar ham klub qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

«Real Madrid» joriy mavsumda sovrinsiz qolish xavfi ostida turibdi. Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi jamoa Ispaniya kubogidan chiqib ketdi va chempionatda «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

Chempionlar ligasidagi yurish esa chorak finalda «Bavariya»ga qarshi o'yinlarda yakuniga yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyo keyingi mavsumda «Real Madrid» bosh murabbiyiga aylanadi