Huvaydo Jumayeva ota-onasi tirik muxlislariga murojaat qildi

Huvaydo Jumayeva ota-onasi tirik muxlislariga murojaat qildi
Qisqacha

Huvaydo Jumayeva ota-onasi tirik bo'lgan muxlislarga murojaat qilib, ularning hayotda qanchalik muhim ekanligini ta'kidladi. U, ota-onalarga mehr ko'rsatish va ularga e'tibor berish zarurligini aytib, ularning hayotida qilinadigan har bir yaxshi ish inson qalbiga dalda berishini ta'kidladi. Aktrisa, agar ota-onalar tirik bo'lsa, ularga tez-tez murojaat qilish va ularni qadrlashni maslahat berdi.

Aktrisa Huvaydo Jumayeva “Shirchoy bilan” ko‘rsatuvida ota-onasi hayot bo‘lgan muxlislariga murojaat qildi.

Aktrisa shunday dedi: “Dadam jensi shimni juda yaxshi ko‘rardilar. Bir safar ularga jensi shim olib berganimda, aka-ukalariga maqtanib yurganlarini eshitganman. U kishi uchun bu juda katta quvonch bo‘lgan. Bu esa menga boshqacha rohat bergan.

Tiriklik vaqtida qilingan har bir yaxshi ish inson qalbiga boshqacha dalda beradi. Shuning uchun qadrli muxlislarimizga aytmoqchiman: ota-onangiz hayot bo‘lsa, har soatda xabar oling, ularga mehr ko‘rsating, g‘amxo‘rlik qiling.

Agar qo‘lingizda mol-dunyo bo‘la turib ham e’tibor bermayotgan bo‘lsangiz, keyinchalik ular yo‘q bo‘lgach, vijdon azobi sizni qiynashi mumkin. Shuning uchun vijdon azobida qolmaslik uchun ota-onangizni tez-tez yo‘qlang, ularning qo‘l-oyoqlaridan o‘pib, duolarini oling.”

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar