date

«Marsel» prezidenti «Liverpul»ning transfer xarajatlarini keskin tanqid qildi

«Marsel» prezidenti «Liverpul»ning transfer xarajatlarini keskin tanqid qildi

«Marsel» klubining yangi prezidenti Stefan Rishar o'zining ilk matbuot anjumanida «Liverpul» jamoasining transfer siyosatini keskin tanqid ostiga oldi. Fransuz klubi rahbari ingliz grandining o'tgan yozgi transfer oynasidagi faoliyatini samarasiz deb atadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Risharning so'zlariga ko'ra, «Liverpul» tarkibni kuchaytirish uchun 480 million yevro sarflagan bo'lsa-da, maydondagi natijalar bu xarajatlarga mos kelmayapti. U katta mablag' sarflash har doim ham muvaffaqiyat kafolati emasligini alohida ta'kidlab o'tdi.


«Marsel» har yili Chempionlar ligasida ishtirok etishi va Fransiya chempionatida kuchli uchlikdan joy olishi shart. Biroq bu faqat pulga bog'liq emas.

«Liverpul» kabi klublar 480 million yevro investitsiya kiritib, yakunda katta umidsizlikka duch kelmoqda», — dedi Rishar.


Eslatib o'tamiz, «Liverpul» o'tgan yozda Florian Virts, Aleksandr Isak va Ugo Ekitike kabi iqtidorli futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan edi. Ushbu xaridlarni moliyalashtirish uchun klub Luis Dias va Darvin Nunyes kabi yetakchilarini sotib yuborgan.

Hozirda «Marsel» klubining o'zida ham jiddiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Sobiq prezident Pablo Longoriya va bosh murabbiy Roberto De Zerbi jamoani tark etganidan so'ng, Rishar klub boshqaruvini o'z qo'liga oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Marsel» prezidenti «Liverpul»ning transfer xarajatlarini keskin tanqid qildi