Google’ning 560 xodimi harbiy loyihalardan voz kechishni talab qildi

Google’ning 560 xodimi harbiy loyihalardan voz kechishni talab qildi
Qisqacha

Google'нинг 560 дан ортиқ ходими, жумладан DeepMind раҳбарлари, бош директор Сундар Пичайга очиқ хат йўллаб, компанияни сунъий интеллект билан боғлиқ ҳарбий лойиҳалардан воз кечишга чақирди. Ходимлар, махфий лойиҳалар технологияларнинг назоратидан чиқиши ва хавфларни келтириши мумкинлигидан хавotирда. Улар, сунъий интеллект фақат инсоният манфаати учун хизмат қилиши кераклигини таъкидладилар.

«Google» korporatsiyasining 560 nafardan ortiq xodimi, jumladan «DeepMind» bo'linmasi rahbarlari va yetakchi tadqiqotchilari bosh direktor Sundar Pichayga ochiq xat yo'lladi. Ular kompaniyani sun'iy intellekt bilan bog'liq maxfiy harbiy loyihalarda ishtirok etishni to'xtatishga chaqirdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

«Financial Times» nashrining xabar berishicha, murojaatga 20 dan ortiq direktor va vitse-prezidentlar imzo chekkan. Xodimlar maxfiy loyihalar ustida ishlash texnologiyalarni ishlab chiquvchilar nazoratidan chiqarib yuborishi va kutilmagan xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

Maktub mualliflari bunday loyihalar avtonom qurollar yoki ommaviy kuzatuv tizimlarini yaratishga olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Ularning so'zlariga ko'ra, yopiq tarmoqlarda ishlash sun'iy intellekt tizimlaridan qanday maqsadda foydalanilayotganini monitoring qilish imkoniyatini yo'qqa chiqaradi.

Norozilikka «Google» va AQSh Mudofaa vazirligi o'rtasidagi ehtimoliy kelashuv sabab bo'lgan. Unga ko'ra, «Gemini» modeli maxfiy operatsiyalarda qo'llanilishi mumkin.

Xodimlar sun'iy intellekt faqat insoniyat manfaati uchun xizmat qilishi va g'ayriinsoniy maqsadlarda ishlatilmasligi shartligini bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar