date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi

«Fenerbahche»ning sobiq futbolchisi Linkoln jamoani 2024–2025 yillarda boshqargan Joze Mourinyoni keskin tanqid qildi. U portugaliyalik murabbiy o'ziga bergan va'dasini bajarmaganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, u «Xall Siti»ga ijaraga ketishidan oldin Mourinyu bilan gaplashgan va murabbiy uni Portugaliyadagi yozgi yig'inga ko'rishni istashini bildirgan. Futbolchi mavsumni «Xall Siti»da yakunlab, yig'inga chaqiruv kutgan, biroq keyinroq murabbiy u bilan muloqot qilishdan bosh tortgan.

«Men tarjimon orqali Mourinyu bilan bog'lanmoqchi bo'ldim, lekin u gaplashishni istamadi va sport direktoriga murojaat qilishimni aytdi. Jamoa Portugaliyada edi, men ham Portugaliyada uyimda edim, shunga qaramay u meni Istanbulga jo'natib, alohida mashg'ulot o'tkazishni buyurdi. Bu menga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat edi», — dedi Linkoln Fanatik nashriga bergan intervyusida.

U, shuningdek, ko'plab uchrashuvlarda o'z pozitsiyasida o'ynamasa ham klubga yordam berish uchun borini berganini, og'ir jarohatdan keyin esa qo'llab-quvvatlash kutgani holda uni his qilmaganini qo'shimcha qildi. «U ko'p yutuqlarni qo'lga kiritgan — buni hech kim inkor etmaydi. Ammo hayotda xarakter titullardan muhimroq», — deya fikrini yakunladi futbolchi.

Hozirda Joze Mourinyu «Benfika»ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi dedi