David Trezege Buenos-Ayresda River Pleitga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleit” safida ham to‘p surib, hatto mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga qaytmoqda. “River Pleit” uni rahbariyat tarkibiga kiritish uchun taqdimot marosimini o‘tkazdi, unda klubning barcha yuqori lavozimli vakillari ishtirok etdi.
Fransuz mutaxassisning aniq lavozimi hozircha rasman e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleit”ni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, David Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!