Djikiyaning agenti Antalyaspor himoyachisi kelajagi haqida gapirdi

"Antalyaspor"da to‘p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiya atrofidagi mish-mishlarga uning agenti Vladimir Kuzmichyov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa u tiklangan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq turk matbuotida "Spartak"ning sobiq sardori bilan "Antalyaspor" xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumdagi hisobida 12 ta o‘yin va 2 ta gol bor. Futbolchining "Antalyaspor" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing