"Magdeburg" futbolchisi Jukovski 18 o'yinda 17 ta gol urishga erishdi

"Magdeburg" futbolchisi Mateush Zhukovski 18 o'yinda 17 ta gol urib, ikkinchi Bundesligada kutilmagan muvaffaqiyatga erishmoqda. U har 93 daqiqada raqib darvozasi tomon zarba berib, faqat Harry Kane'dan orqada turadi. O'tgan yili jamoaga qo'shilgan Zhukovski, yangi murabbiy Petryk Sander tomonidan hujumga o'tkazilganidan so'ng, o'zining kuchli zarbalari bilan hamma e'tiborini tortmoqda. Uning ajoyib o'yinlari boshqa klub sniyalarining diqqatini tortmoqda.
Germaniya futboli muxlislari "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Bundesligada to'purar ekanligini yaxshi bilishadi. Biroq ikkinchi Bundesligada kutilmagan futbolchi sermahsullik ko'rsatmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
"Magdeburg" klubi sharafini himoya qilayotgan 24 yoshli polshalik Mateush Jukovski 18 ta o'yinda 17 ta gol urdi. U har 93 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.

Bu borada faqat Harri Keyn undan oldinda.
Jukovski o'tgan yili yozda o'ng qanot himoyachisi sifatida jamoaga kelib qo'shilgan edi. U dastlabki sakkizta uchrashuvni jarohati sababli o'tkazib yubordi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Petrik Sander uni bitta mashg'ulotdan so'ng hujumga o'tkazishga qaror qildi. Jamoadoshi Baris Atikning ta'kidlashicha, Jukovski zarbalar mashg'ulotida o'zining kuchli zarbalari bilan barchani hayratda qoldirgan.
Hujumchining bolaligi og'ir o'tgan bo'lib, u oilasidagi qiyinchiliklarni yengib o'tish uchun futbolni tanlaganini aytadi. Hozirda uning ajoyib o'yinlari boshqa klublar skautlari e'tiborini tortmoqda.































Izohlar 0
…