"Bavariya" klubi 2026-2027-yilgi mavsum uchun o'zining yangi liboslarini taqdim etadi

1 daqiqa o'qish426
"Bavariya" klubi 2026-2027-yilgi mavsum uchun o'zining yangi liboslarini taqdim etadi

"Bavariya" klubining 2026-2027-yilgi mavsum uchun mo'ljallangan yangi liboslari dizayni haqida dastlabki ma'lumotlar tarqaldi. "Adidas" kompaniyasi bilan 50 yildan ortiq hamkorlik qilib kelayotgan klub bu safar klassik va retro uslubga tayanishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Asosiy uy libosi an'anaviy qizil rangda bo'lib, unda oltin rangli elementlar va to'q qizil chiziqlar aks etadi. Oltin rangli detallar oxirgi marta klubning 2012-2013-yilgi tarixiy g'alabali mavsumida ishlatilgan edi.

Shuningdek, futbolkalar orqasidagi yozuv o'zgarib, to'liq nom o'rniga qisqa "FC Bayern" varianti qo'llaniladi.

Mehmon libosi oq rangda bo'lib, unda to'q ko'k va qizil rangli bezaklar bo'lishi kutilmoqda. Ushbu to'plamda klubning 1966-yilda foydalanilgan tarixiy logotipi deyarli 25 yillik tanaffusdan so'ng yana qaytadi.

Uchinchi libos esa to'q kulrang yoki ko'k bazada qizil rangli chizgilar bilan dizayn qilinadi.

Yangi liboslarning rasmiy taqdimoti 2026 yil 16 may kuni Bundesliganing so'nggi turida "Kyoln"ga qarshi o'yinda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Liboslar narxi nusxa (replica) versiya uchun 100 yevro, professional o'yinchilar varianti uchun esa 150 yevrogacha bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?