Augsburg muxlislari Keyn ustidan hazil qildi va kuldi

Germaniyaning «Augsburg» jamoasi Myunxenning «Bavariya»sini mag‘lub etib, raqibiga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim qildi. Bu natija «Augsburg» muxlislari uchun ayniqsa yoqimli bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda «Bavariya»ning hujumchisi Garri Keyn kutilgan darajada porlay olmadi. Ingliz yulduzining sust o‘yini fonida u «Augsburg» muxlislari orasida bezarar hazil-mutoyibalar nishoniga aylandi.
Xususan, muxlislar chatlaridan birida shunday suhbat kuzatildi: «Qachon kelasan?» — deb so‘radi klub ishqibozi do‘stidan.
Do‘sti esa: «Bilmayman, o‘zimni darvoza oldidagi o‘sha yigitdek his qilyapman — umuman yo‘qman», — deya javob qaytardi va Keynning suratini ilova qildi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yildan beri «Bavariya» safida to‘p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!