date

Qozogʻistonda shoqol qishloqqa kirib odamlarga hujum qildi

Qozogʻistonda shoqol qishloqqa kirib odamlarga hujum qildi

Qozogʻistonning Turkiston viloyatida shoqol qishloq hududiga kirib kelib, ikki nafar bola hamda bir katta yoshli shaxsni tishlab oldi. Bu haqda Tengri News xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yirtqich avval 4 yoshli qizchani oyoqlari va barmoqlaridan qattiq tishlagan, shundan soʻng 15 yoshli oʻsmirga ham hujum qilgan. Bolalarga yordam berish uchun kelgan 42 yoshli erkak hayvonga bolta bilan zarba berib, uni toʻxtatishga harakat qilgan, ammo shoqol uni ham tishlab ulgurgan.

Jabr koʻrganlarning barchasiga shifoxona sharoitida zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, quturishga qarshi emlash amalga oshirilgan. Hozirda ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, biroq ogʻir jarohat olgan qizcha shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, shoqollar odatda insonlarga hujum qilmaydi. Bunday holatlarga asosan uchta omil sabab boʻlishi mumkin:

  • quturish kasalligi;
  • bolalarini himoya qilish;
  • ozuqa tanqisligi.

Veterinar mutaxassislar hujum qilgan hayvondan namunalar olib, unda quturish bor-yoʻqligini aniqlash boʻyicha tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda shoqol qishloqqa kirib odamlarga hujum qildi