Makron PSJning gʻalabasiga ishonib, qanday hisobni bashorat qilgan edi?

1 daqiqa o'qish4.1K
Makron PSJning gʻalabasiga ishonib, qanday hisobni bashorat qilgan edi?

Makron PSJning gʻalabasiga ishonib, qanday hisobni bashorat qilgan edi?

Yevropa futboli markazida turgan UYEFA Chempionlar ligasi yarimfinal bahsi oldidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron oʻz prognozi bilan oʻrtoqlashdi. Davlat rahbari Pari Sen-Jermen hamda "Bavariya" oʻrtasidagi toʻqnashuv haqida gapirib, parijliklarga ishonch bildirgan edi.

Makron L’Équipe'ga bergan intervyusida oʻzining shaxsiy klubi boshqa jamoa ekanini yashirmadi:
«Men “Marsel” muxlisiman, lekin bugun “PSJ” oʻynayapti. Shuning uchun ularni qoʻllab-quvvatlayman. Menimcha, ular 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi», — deb aytgan edi u.

Maʼlumki, mazkur yarimfinalning ilk uchrashuvi Parijdagi Park de Prensda boʻlib oʻtdi. Javob bahsi esa 6 may kuni Germaniyadagi Myunxen Arenada tashkil etiladi.

Har ikki jamoa ham yarimfinalga ishonchli oʻyinlar orqali yetib keldi. Parijliklar chorakfinalda "Liverpul"ni ikki oʻyin natijasiga koʻra 4:0 hisobida magʻlub etib, oʻz kuchini namoyon etgan edi. Myunxenliklar esa "Real Madrid" ustidan 6:4 hisobida gʻalaba qozonib, yarimfinalga yoʻl olgan edi.

Mutaxassislar fikricha, bu juftlik finalga teng bahs sifatida baholandi. Har ikki jamoa ham yuqori saviyadagi futbolchilarga ega va hal qiluvchi lahzalarda natijani oʻzgartirishga qodir.

Qisqasi, Parijdagi birinchi oʻyin katta intriga va kurashlarga boy boʻlishi kutilgan edi va shunday ham boʻldi. Makron esa oʻz taxminini bildirib faqat hisobda adashdi, xolos. Gollarga boy va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda PSJ "Bavariya"ni 5:4 hisobida magʻlub etib, muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?