date

PSJ YCHL yarimfinalida Bavariya ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozondi

PSJ YCHL yarimfinalida Bavariya ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozondi

UEFA Chempionlar ligasining yarimfinal bosqichi doirasida «PSJ» va «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi. Gollarga boy o'tgan bahsda Parij klubi 5:4 hisobida g'alaba qozonib, javob o'yini oldidan kichik ustunlikka ega bo'ldi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Garri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq «PSJ» hujumchisi Xvicha Kvarasheliya 24-daqiqada muvozanatni tikladi.

Bo'lim yakuniga qadar Joau Nevesh va Usmon Dembele mezbonlar safida gol urgan bo'lsa, «Bavariya»dan Maykl Olise o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda ham hujumkor o'yin davom etdi. Kvarasheliya va Dembele dubl qayd etib, parijliklarning beshinchi golini kiritishdi.

Myunxenliklar safida Dayo Upamekano va Luis Dias farqni minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo'lishdi, ammo hisobni tenglashtirish uchun vaqt yetmadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, «Bavariya» to'p nazorati bo'yicha 54 foiz ko'rsatkich bilan ustunlik qildi. Biroq «PSJ» darvoza tomon 14 ta zarba yo'llab, aniqlik borasida samaraliroq harakat qildi.

Uchrashuv davomida hakam mezbonlar a'zolariga 3 ta sariq kartochka ko'rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ YCHL yarimfinalida Bavariya ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozondi