date

Al-Nasr Sadio Mane masalasida yakuniy qarorga keldi

Al-Nasr Sadio Mane masalasida yakuniy qarorga keldi

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchi Sadio Mane bilan kelajak borasida yo‘llarini ajratishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko‘ra, klub senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida emas. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Sadio Mane 2023 yilda “Bavariya”dan “Al-Nasr”ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Sadio Mane masalasida yakuniy qarorga keldi