Gregor Kobel Jeydon Sanchoni "Borussiya Dortmund"ga qaytarish fikrini qo'llab-quvvatladi

Gregor Kobel Jeydon Sanchoni "Borussiya Dortmund"ga qaytarish fikrini qo'llab-quvvatladi

"Borussiya Dortmund" sport direktori Ole Buk va darvozabon Gregor Kobel Jeydon Sanchoning jamoaga qaytish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda. Bukning ta'kidlashicha, Sancho o'zining texnik qobiliyati va kreativligi bilan Dortmundda katta taassurot qoldirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

26 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Hozirda u "Aston Villa" safida ijara asosida to'p surmoqda.

Agar shartnoma uzaytirilmasa, u erkin agent sifatida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Gregor Kobel Sanchoning o'tgan mavsumdagi ijarasi jamoaga ijobiy ta'sir ko'rsatganini aytib o'tdi. Uning fikricha, garchi statistik ko'rsatkichlar avvalgidek yuqori bo'lmasa-da, futbolchining maydondagi harakatlari jamoaga foyda keltirgan.

Sanchoning Dortmundga qaytishi uchun u o'zining yillik 15 million yevrolik maoshini sezilarli darajada kamaytirishiga to'g'ri keladi. Shuningdek, "Manchester Yunayted" shartnomani yana bir yilga uzaytirish bo'yicha maxsus banddan foydalanishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar