Mbappe Chempionlar ligasi va Oltin to'pni yutishi kutilmoqda

1 daqiqa o'qish276
Mbappe Chempionlar ligasi va Oltin to'pni yutishi kutilmoqda

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Lui Saxa Kilian Mbappening «Real Madrid»dagi faoliyati va uning nufuzli sovrinlar uchun kurashi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hozircha fransiyalik yulduz Chempionlar ligasi va «Oltin to'p» sovrinlarini qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, Saxa vaziyat tezda o'zgarishi mumkinligiga ishonmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Saxa Mbappeni Krishtianu Ronaldu bilan solishtirib, buyuk futbolchilar ham faoliyati davomida qiyin davrlarni boshdan o'tkazishini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, Mbappe hozirda o'ziga xos «qora chiziq»da turibdi, chunki u tark etgan «PSJ» Chempionlar ligasida g'olib chiqdi, u qo'shilgan «Real Madrid» esa kutilgan natijalarni ko'rsata olmayapti.

«Bu biroz g'alati holat, u go'yoki omadsizdek ko'rinmoqda. Ammo Mbappe har qanday bosim ostida ishlashga o'rgangan va u o'z salohiyatiga mos sovrinlarni albatta qo'lga kiritadi.

Agar Ronaldu ham o'z vaqtida barcha imkoniyatlardan foydalana olmaganida, uning taqdiri ham boshqacha bo'lishi mumkin edi», — deydi Saxa.

Hozirda 27 yoshda bo'lgan Mbappe «Real Madrid» safida 100 ta o'yinda 85 ta gol urishga ulgurdi. Mutaxassislar Mbappening jismoniy va sport formasi eng yuqori nuqtada ekanini, yaqin yillarda u jahonning eng yaxshi futbolchisi maqomini qaytarib olishini taxmin qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?