Zabarniy PSJ g'alabasidan so'ng jamoa ruhiyatini ta'kidladi

Fransiya chempionati 19-turida «PSJ» safarda «Oser»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv taqdirini yakuniy daqiqalarga yaqin vinger Bredli Barkola urgan gol hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan keyin himoyachi Ilya Zabarniy natija haqida fikr bildirdi.
«Jamoa oxirigacha raqibni bosim ostida ushlashiga ishondi. «PSJ» hech qachon to'xtamaydi, o'z ishini bajarishda davom etadi — bu bizning eng katta kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish faqat vaqt masalasi edi», — dedi ukrainalik futbolchi OAV bilan suhbatda.
Ushbu g'alabadan so'ng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Parij klubi «Lans»ni ikki ochko farq bilan ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!