Augsburg muxlislari Keyn ustidan yengil kinoya qildi

Germaniyaning «Augsburg» jamoasi Myunxenning «Bavariya»sini mag‘lub etib, raqibiga joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi. Bu g‘alaba mezbonlar muxlislari uchun alohida quvonch bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn kutilgan darajada ko‘rina olmadi: ingliz yulduzining sust o‘yini «Augsburg» ishqibozlari orasida beozor hazillarga sabab bo‘ldi. Xususan, muxlislar chatlaridan birida shunday suhbat yuz berdi.
— «Qachon kelasiz?» — deb so‘radi klub ishqibozlaridan biri do‘stidan.
— «Bilmayman, o‘zimni darvoza oldidagi o‘sha yigitdek his qilyapman — umuman yo‘qman», — deya javob qaytardi u va Keynning suratini ilova qildi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!