date

Jikiya “Antalyaspor”da qolishi mumkinligini agenti aytdi

Jikiya “Antalyaspor”da qolishi mumkinligini agenti aytdi

“Antalyaspor” himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganining sababi mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda tarkibda bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya “Antalyaspor”da qolishi mumkinligini agenti aytdi