Salah bir necha kundan so'ng yangi klubini e'lon qiladi
Mohamed Salah bir necha kundan so'ng yangi klubini e'lon qiladi. U "Liverpul"dagi to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng, joriy mavsum oxirida "Enfild"ni tark etishini tasdiqlagan. Salahning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi va u erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tish huquqiga ega. Uning xizmatlariga qiziqish yuqori bo'lib, bir qator nufuzli klublar uni o'z saflariga qo'shishga intilmoqda.
"Liverpul" jamoasining afsonaviy hujumchisi Moxamed Salah faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasidagi savollarga tez orada oydinlik kiritadi. Misr terma jamoasi xodimining so'zlariga ko'ra, futbolchi bir necha kundan keyin yangi jamoasi nomini rasman e'lon qiladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Misrlik yulduz yaqinda Mersisayd klubidagi to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng, joriy mavsum yakunida "Enfild"ni tark etishini tasdiqlagan edi. Uning amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi va u erkin agent sifatida boshqa jamoaga o'tish huquqiga ega bo'ladi.
Salahga nisbatan qiziqish juda yuqori bo'lib, uning xizmatlariga bir qator nufuzli klublar da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi o'zining kelajagi borasidagi yakuniy qarorni qabul qilib bo'lgani va bu haqda jamoatchilikka tez orada ma'lum qilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…