date

"Yuventus" Anjelo Stiller transferi uchun 50 mln yevro tayyorladi

"Yuventus" Anjelo Stiller transferi uchun 50 mln yevro tayyorladi

Turinning "Yuventus" klubi Germaniya terma jamoasi va "Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Stillerning transferi ustida ish boshladi. Bild nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli pleymeyker turinliklarning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylangan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub rahbariyati tarkibni tubdan yangilash jarayonida Stillerni markaziy figuraga aylantirmoqchi.


Tuttomercatoweb ma'lumotlariga ko'ra, "Yuventus" mutasaddilari futbolchining agenti bilan uchrashib, transfer bo'yicha dastlabki qadamlarni tashlagan. Hozircha klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatilmagan bo'lsa-da, muzokaralar norasmiy tarzda davom etmoqda.

Stiller o'tgan mavsumda "Xoffenxaym"dan 5 mln yevro evaziga sotib olingan edi.

Futbolchining "Shtutgart" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi va unda 36,5 mln yevrolik tovon puli ko'rsatilgan. Biroq nemis klubi ushbu bandni 2 mln yevro evaziga bekor qilish huquqiga ega.

Bu esa "Shtutgart"ga transfer narxini mustaqil belgilash imkonini beradi. Hozirda klub o'z yetakchisini kamida 50 mln yevroga baholamoqda.

Stillerga o'tgan yili Toni Kroosga o'rinbosar sifatida "Real Madrid" ham qiziqish bildirgan edi. Shuningdek, Angliyaning "Chelsi" klubi ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Agar transfer amalga oshsa, "Shtutgart" uning o'rniga "Sautgempton" a'zosi Kaspar Yanderni olib kelishni rejalashtirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" Anjelo Stiller transferi uchun 50 mln yevro tayyorladi