"Bavariya" mehmonda "Real Madrid" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi

"Бавария" Европа Чемпионлар лигасининг чорак финалининг дастлабки учрашувида "Реал Мадрид" устидан 2:1 ҳисобида ғалаба қозонди. Мюнхен клуби жавоб ўйини олдидан устунликка эга бўлди. Учрашув давомида "Бавария" мухлислари фаол иштирок этди, бу эса стадионда сезиларли таъсир кўрсатди. Мадридликларнинг мағлубиятидан сўнг Килиан Мбаппе ҳақидаги баҳслар қизғинлашди.
Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida "Real Madrid" o'z maydonida "Bavariya" jamoasini qabul qildi. Mazkur bahsda Myunxen klubi 2:1 hisobida g'alaba qozonib, javob o'yini oldidan ustunlikka ega bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uchrashuv davomida mehmon jamoaning 4 000 nafar muxlisi o'z suyuklilarini faol qo'llab-quvvatladi. Marca nashrining yozishicha, muxlislar sakragan vaqtda "Santyago Bernabeu" stadionining sharqiy tribunasi tebranib, inshoot poydevori sezilarli darajada larzaga kelgan.
Madridliklarning mag'lubiyatidan so'ng mutaxassislar va muxlislar o'rtasida Kilian Mbappe borasida qizg'in bahslar boshlandi. Ayrim tahlilchilar "Real Madrid" tarkibida fransiyalik hujumchisiz o'yin yaxshiroq shakllanishi mumkinligi haqidagi fikrlarni ilgari surmoqda.






























Izohlar 0
…