Chuameni diskvalifikatsiya sababli «Bavariya» bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

«Real Madrid» klubining fransiyalik yarim himoyachisi Orelien Chuameni UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Futbolchi diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmasligi rasman tasdiqlandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Chuameni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvning 36-daqiqasida sariq kartochka oldi. Myunxenliklar himoyachisi Joshua Kimmixga nisbatan jarima maydonchasi yaqinida ishlatilgan qo'pol fol hakam tomonidan ogohlantirish bilan jazolandi.
Fransiyalik yulduzning yo'qligi murabbiy Alvaro Arbeloa uchun jiddiy muammo tug'diradi. Murabbiy muhim o'yinlarda yarim himoya markazida Fede Valverde, Arda Guler va Tiago Bitarsh bilan birga aynan Chuameni xizmatidan foydalanishni afzal ko'rar edi.
Arbeloa ushbu to'rtlikka «Manchester Siti» va «Atletiko»ga qarshi bahslarda tayangan edi. Endilikda Myunxenda bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinda ispan mutaxassisi tarkib borasida yangi yechim topishiga to'g'ri keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!