date

Lenovo mashhur Phoenix Technologies BIOS ishlab chiquvchisini sotib oldi

Lenovo mashhur Phoenix Technologies BIOS ishlab chiquvchisini sotib oldi

Xitoyning "Lenovo" korporatsiyasi dunyodagi eng mashhur BIOS dasturiy ta'minoti ishlab chiquvchilaridan biri bo'lgan "Phoenix Technologies" kompaniyasini sotib olganini e'lon qildi. Kelishuv doirasida Dublin shahrida ro'yxatdan o'tgan bo'linma va unga tegishli barcha intellektual mulk huquqlari xaridor ixtiyoriga o'tdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu xarid "Lenovo" uchun shaxsiy kompyuterlar ishining eng muhim bosqichi — tizimni ishga tushirish, uskunalar xavfsizligi va platforma sozlamalari uchun javobgar bo'lgan proshivka ustidan to'liq nazorat o'rnatish imkonini beradi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, yangi texnologiyalar apparat va dasturiy qismlarni yanada chuqurroq bog'lashga xizmat qiladi.

"Phoenix Technologies" va "Lenovo" o'rtasidagi hamkorlik 20 yildan ortiq vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Shu paytgacha ishlab chiquvchi "ThinkPad" noutbuklari uchun BIOS yetkazib bergan bo'lsa, endilikda bu sheriklik to'liq birlashuvga aylandi.

Kelajakda ushbu texnologiyalardan sun'iy intellektga asoslangan qurilmalarda ham foydalanish rejalashtirilgan.

1979 yilda asos solingan "Phoenix Technologies" portfelida serverlar, noutbuklar va o'rnatilgan tizimlar uchun mo'ljallangan "Phoenix SecureCore", "OmniCore" hamda "FirmCare" kabi ko'plab dasturiy yechimlar mavjud. Endilikda ushbu mahsulotlarning barchasi "Lenovo" brendi ostida rivojlantiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Lenovo mashhur Phoenix Technologies BIOS ishlab chiquvchisini sotib oldi