Valeriy Karpin Golovinga bergan maslahati hazil ekanini aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga «Real»ga qarshi o‘yin oldidan maslahat bergani haqidagi postiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni «Monako» Yevropa Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratini joylab, Golovinga bir nechta tavsiya berganini yozgandi.
Karpinning aytishicha, u o‘sha o‘yinni stadiondan kuzatgan, biroq natija ko‘ngildagidek bo‘lmagan. Mutaxassis Golovinga bergan “maslahati” aslida hazil va kinoya bo‘lganini ta’kidladi: u futbolchiga aniq ko‘rsatma berish murabbiylar shtabi vazifasi ekanini qayd etdi.
Golovin joriy mavsumda Fransiya Ligasida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!