date

Zabarniy PSJ g‘alabasidan so‘ng jamoa ruhini ta’kidladi

Zabarniy PSJ g‘alabasidan so‘ng jamoa ruhini ta’kidladi

Fransiya chempionatining 19-turida «PSJ» safarda «Oser»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv taqdirini yakunda qanot hujumchisi Bredli Barkola kiritgan gol hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellashuvdan keyin parijliklar himoyachisi Ilya Zabarniy natija haqida fikr bildirdi.

«Jamoa raqibni oxirigacha siqib, gol urishiga ishondi. «PSJ» hech qachon to‘xtamaydi va o‘z ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish vaqt masalasi edi», — dedi ukrainalik futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Parij klubi «Lans»dan ikki ochkoga oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zabarniy PSJ g‘alabasidan so‘ng jamoa ruhini ta’kidladi