Zabarniy PSJning qiyin galabasidan so'ng fikr bildirdi

Fransiya chempionatining 19-turida PSJ safarda "Oser"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv taqdirini yakuniy daqiqalarda qanot hujumchisi Bredli Barkola kiritgan gol hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng himoyachi Ilya Zabarniy natija haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
"Jamoa raqibni baribir siqib qo'yishiga ishonardi. PSJ hech qachon to'xtamaydi va o'z ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa hujumga intilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish faqat vaqt masalasi edi", — dedi ukrainalik futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda.
Ushbu g'alabadan keyin Luis Enrike jamoasi 45 ochko jamg'arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. Parij klubi "Lans"dan ikki ochko oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!