Ronalduning g‘alabadan keyingi posti Al-Nasrni ruhlantirdi

Saudiya Pro-ligasining dushanba kungi bahsida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoa muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik bu safar gol ura olmagan bo‘lsa-da, natijadan mamnunligini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qadam-baqadam. Maqsadimizga to‘liq diqqat!» — deya yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. Yetakchi «Al-Hilol»dan oradagi farq hozircha besh ochko.
5-fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshilaydi. Hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing