Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining klubdagi kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va jamoa unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab — yengil jarohat bo‘lgan, hozir esa u to‘liq tiklangan. Kuzmichyov fikricha, Georgiy keyingi o‘yinda yana asosiy tarkibda ko‘rinishi mumkin.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!