Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va'dasida turmadi deb tanqid qildi

«Fenerbahche»ning sobiq futbolchisi Linkoln jamoani 2024–2025 yillarda boshqargan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyodan noroziligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Linkoln Fanatik nashriga bergan intervyusida Mourinyoni bergan va'dasini bajarmaganlikda aybladi. Futbolchi murabbiy bilan «Hall Siti»ga ijara asosida ketishidan oldin gaplashganini, Mourinyu esa uni yozgi yig‘inga Portugaliyaga kutishini aytganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Hall Siti»dagi mavsum yakunlangach, u yig‘inga chaqiruvni kutgan. Biroq Mourinyu bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganida, murabbiy muloqotdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.
Linkoln jamoa Portugaliyada yig‘inda bo‘lgan paytda o‘zi ham Portugaliyada ekanini, shunga qaramay Mourinyu uni Istanbulga yuborib, alohida tartibda mashg‘ulot o‘tashni buyurganini aytdi. Futbolchi buni o‘ziga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat sifatida baholadi.
Shuningdek, Linkoln ko‘plab o‘yinlarda hatto o‘z pozitsiyasida bo‘lmasa ham klubga yordam berish uchun bor kuchini berganini, og‘ir jarohatdan keyin esa qo‘llab-quvvatlash kutgani, lekin buni his qilmaganini qo‘shimcha qildi.
Hozirda Joze Mourinyu «Benfika»ni boshqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!