date

Dru Fernandes PSJga o'tdi va bolalik orzusini aytdi

Dru Fernandes PSJga o'tdi va bolalik orzusini aytdi

Hujumkor yarim himoyachi Dru Fernandes «Barselona»ni tark etib, «PSJ» safiga qo'shildi. Fransiya chempioni 18 yoshli futbolchi bilan 4,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer yakunlanganidan so'ng Fernandes yangi jamoasi haqida fikr bildirdi. «PSJ»ga qo'shilganimdan juda xursandman va faxrlanaman. Bu men va oilam uchun katta g'urur. «PSJ» — bolalikdan kuzatib kelganim, tarixni buyuk afsonalar yaratgan ulkan klub. Shu nishon uchun maydonda bor kuchimni berishga tayyorman», — deya uning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Hozirda «PSJ» Fransiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dru Fernandes PSJga o'tdi va bolalik orzusini aytdi