date

Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi

Madridning “Real” jamoasi Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi safardagi o‘yin oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa mashg‘ulot o‘tkazdi va klub ayrim futbolchilarning holati haqida rasmiy ma’lumot chiqardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, Kilian Mbappe individual dastur asosida me’yoriy yuklama bilan shug‘ullangan. Antonio Ryudiger esa mashg‘ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazib, keyin alohida tartibda ishlagan. Shuningdek, Mbappe va Karreras yengilroq individual trening bajargan, Militao zalda shug‘ullangan, Mendi esa maydon va yopiq inshootda yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rgan.

“Benfika” — “Real” uchrashuvi 29 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Lissabondagi bahsni LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumot berdi