Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub u bilan hisoblashmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani esa mikrojaroht bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan. Kuzmichyov fikricha, himoyachi keyingi o‘yinda yana tarkibda bo‘lishi mumkin.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi. Futbolchining «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing