Pato Angliyadagi Kolchester klubini sotib olishi mumkin

"Milan"ning sobiq braziliyalik hujumchisi Aleksandr Pato yaqin orada faol futbolga qaytishi mumkin, biroq bu safar maydonda emas. U Angliyaning "Kolchester" klubi aksiyalarining nazorat paketini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Kolchester" hozirda League Two — Angliya futbolidagi kuchi bo'yicha to'rtinchi divizionda ishtirok etadi. Klub rahbariyati braziliyalik bilan muzokaralar ketayotganini tasdiqladi, Patoning o'zi ham so'nggi paytlarda jamoa uchrashuvlarida tez-tez ko'rinmoqda.
Danni Kouli boshchiligidagi jamoa hozir yaxshi pallani boshdan kechirmoqda va League One'ga chiqish uchun kurashmoqda. Pato kabi mashhur va xarizmatik shaxsning kelishi klubga media jihatdan kuchli turtki berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!