David Trezeg'e Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezeg'e Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» safida ham to'p tepgan va jamoa bilan Argentina ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezeg'e futbolchi sifatida emas, klub boshqaruv tizimida faoliyat olib boradi. «River Pleyt» uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimida tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransuz mutaxassis strategik masalalar bilan shug'ullanadi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o'tamiz, Trezeg'e futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing