David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresning “River Pleyt” safida to‘p surgan va klub bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, balki klub boshqaruvidagi lavozimlardan birini egallash uchun kelmoqda. Klub uni to‘liq rahbariyat ishtirokida maxsus taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.
Trezege “River Pleyt”dagi aniq vazifasi hozircha ochiqlanmagan. Shunga qaramay, taqdimotda u strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishlashi va klubni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!