date

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Saudiya Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa murojaat qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq natijadan mamnunligini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deb yozdi Ronaldu.

Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ga turnir jadvalida ikkinchi pog'onaga ko'tarilish imkonini berdi. Jamoa peshqadam «Al-Hilol»dan hozircha 5 ochko ortda bormoqda.

Ma'lumot uchun, 5 fevral kuni Krishtianu Ronaldu 41 yoshga to'ladi. Uning «Al-Nasr» bilan tuzgan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr g'alabasidan keyin fikr bildirdi