date

Rossiya terma jamoasi shifokori Safonov holati haqida gapirdi

Rossiya terma jamoasi shifokori Safonov holati haqida gapirdi

Rossiya terma jamoasi shifokori Mixail Vartapetov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning qo'lidan olgan jarohatidan keyingi tiklanish jarayoni yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Safonovdan olingan ma'lumotlarga ko'ra, tiklanish rejadagidek ketmoqda. Shifokor darvozabon yaqin vaqt ichida maydonga qaytishiga umid bildirdi hamda futbolchining kayfiyati ijobiy va jangovar ekanini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli golkiper qit'alararo kubok doirasida braziliyalik “Flamengo”ga qarshi o'yinda qo'lidan jarohat olgandi.

Safonovning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi shifokori Safonov holati haqida gapirdi