date

Di Mariya Real yarim himoyachisini o'zidan ustun deb bildi

Di Mariya Real yarim himoyachisini o'zidan ustun deb bildi

Madridning «Real» klubida to'p surgan sobiq futbolchi Anxel di Mariya «qaymoqranglilar» safidagi yarim himoyachi Franko Mastantuononing darajasiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina futbolchisi Mastantuono ko'pincha o'zi bilan qiyoslanishini ta'kidladi, biroq yosh yarim himoyachi undan ham iqtidorliroq ekanini aytdi. Di Mariya fikricha, Frankoning driblingi ancha kuchli va u «ekstra klass» futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, u Mastantuononi oldinda butun faoliyati turgani, so'nggi paytlarda o'yin amaliyoti ko'paygani hamda «Real»dagi muhit futbolchining yanada o'sishiga xizmat qilishini qo'shimcha qildi. Bu haqda AS nashri iqtibos keltirdi.

Ma'lumot uchun, Mastantuono «Real» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Yarim himoyachi Madrid grandi bilan 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Mariya Real yarim himoyachisini o'zidan ustun deb bildi