date

Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini kutmoqda

Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini kutmoqda

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze jahon chempionatlaridagi gollar bo'yicha o'rnatgan rekordi yaqin yillarda baribir yangilanishiga ishonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kloze to'rtta mundialda maydonga tushib, jami 16 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Hozir faol futbolchilar orasida unga eng yaqin natija Lionel Messida (13 gol) va Kiliyan Mbappeda (12 gol).

Bild nashriga ko'ra, Kloze rekordini 2026 yilda Messi yangilashi mumkinligini, Mbappe esa 2026 yoki 2030 yillardagi turnirlarda bunga yaqin kelishini aytgan. U Messining katta muxlisi ekanini ta'kidlab, argentinalik futbolchiga faoliyatini davom ettirsa omad tilagan. Kloze Mbappening ham salohiyatini alohida e'tirof etib, har ikki yulduz sog'lom bo'lib, eng yuqori darajasini ko'rsatishini istashini bildirgan. Shunga qaramay, u hozircha eng yaxshi statistika o'zida ekanini va to'rt marta yarim finalda o'ynagan yagona futbolchi bo'lib qolayotganini eslatgan.

Eslatib o'tamiz, Messi Qatar-2022 mundialida chempion bo'lgan, Mbappe Rossiya-2018da kubokni qo'lga kiritgan. Kloze esa Braziliya-2014 jahon chempionatida Germaniya bilan g'oliblikni nishonlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kloze Messi va Mbappe uning JCh rekordini yangilashini kutmoqda