Dembele Saudiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin

PSJ hujumchisi Usman Dembele Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Sky Sports manbasi shunday xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasi oldidan «Oltin to‘p» sohibini jamoaga olib kelish ustida ish boshlagan. Hozircha ehtimoliy kelishuv qiymati ochiqlanmadi, shuningdek, Dembelega qaysi top-klub qiziqish bildirayotgani ham noma’lum.
Avvalroq futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda katta maosh talab qilayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Biroq Parij klubi prezidenti jamoaning eng katta yulduzi bo‘lsa ham, klubdagi maosh limiti oshirilmasligini aniq bildirib o‘tgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli Dembele qiymati 100 million yevroga baholanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!