date

Kloze Messi va Mbappe rekordi yangilashiga ishonmoqda

Kloze Messi va Mbappe rekordi yangilashiga ishonmoqda

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Jahon chempionati tarixidagi gol rekordi tez orada yangilanishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kloze to'rtta mundialda qatnashib, jami 16 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Hozircha unga eng yaqin faol futbolchilar — Lionel Messi (13 gol) va Kilian Mbappe (12 gol).

Bild nashri keltirgan so'zlarga ko'ra, Kloze uning natijasini yaqin yillarda urib ketishlari aniq, deb hisoblaydi: buni Messi 2026 yilda amalga oshirishi mumkin, Mbappe esa 2026 yoki 2030 yillarda. Kloze Messi muxlisi ekanini, u faoliyatini davom ettirsa, omad tilashini ham qo'shimcha qildi. U Mbappening iste'dodini ham alohida ta'kidlab, ikkisi ham sog'lom bo'lib, eng yuqori darajasini ko'rsatishini istashini bildirdi. Shunga qaramay, Kloze yarim finalga to'rt marta chiqqan yagona futbolchi ekanini eslatib o'tdi.

Messi 2022 yilda Qatardagi mundialda chempion bo'lgan, Mbappe 2018 yilda Rossiyada kubokni ko'targan, Kloze esa 2014 yilda Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida g'alabani nishonlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kloze Messi va Mbappe rekordi yangilashiga ishonmoqda